← barcha yozuvlar

Tirik qolish instinkti

1 daqiqaYozuv tili: uz

Man uchun Universitetda 4 olish katta yo‘qotish.

Chunki umumiy GPU balimni 4 ham tushirib yuboradi.

Ehtimol "parallel olam"dagi Sobirjon haydalib ketishni ham oddiy qabul qilar.

1-kursda Grantga shartli qabul qilingandim. Balim pastroq chiqqandi.

1-semestr tugayotgan, assignment'lar berilgan payt, "mana" deb shartli qabul qilinganlarga kurs berishdi, imtihon sanasi belgilandi.

O'tolmasam Grantdan ayrilaman. Juda katta xavfdek qabul qildim.

1-kursda to'kilib tushdim. Lekin tirik qoldim! - tirik qolish instinkti.

Manga o'xshab shartli qabul qilinganlar ko'p edi, lekin hammayam xavfdek qabul qilmadi. Oqibatida grantdan ayrilishdi.

Esimda yoshligimda yerga asteroid tushadi va yer yuzi yo‘q bo‘lib ketadi degan gap keng tarqalgani. O‘shanda namoz o‘qishni boshlaganlar bor edi.

Kimdir ertaga tirikmi bilmaydi, hisobga olib yashaydi.

Kimdir asteroid xabarini olgandan keyin boshlaydi.

Shuningdek bugunimizni/daqiqamizni ham bekor o‘tqizib yuborish kimgadir xavf bo'lsa, kimgadir odatiy.

Xavfni hamma ko‘radi. Lekin bu yerda muhimi kim qachon ko‘rishida va nimani xavf deb bilishida.

Bu yozuv foydali bo'ldimi?