Tuzat.ing
1 min readPost language: uz

Turib qolgan pul, foyda keltirmaydi. Yechimi, zakot va investitsiya.
Turg'un va toksik qon ham foydali emas. Yechimi, hijoma.
Ishlatilmaydigan bilimni ham hech kimga foydasi yo'q. Yechimi, amaliyot va o'rgatish.
Ilm, qon va pulimizni aylantiramiz. Natijada mustahkam bilim, sog'lom tana va ko'proq daromadga ega bo'lamiz.
Tuzat.ing'ni ham shu maqsadda ishlab chiqdim, o'rganganimni aylantirish.
Umid qilamanki bu ham "qonimiz aylanishiga" sabab bo'ladi va soha mutaxassislariga manfaati tegadi.
P.S. Loyiha hali bitmagan. O'zim duch kelgan muammo va to'siqlarni ssenariy qilib joylab boraman. Kiring muammolarni ko'ring va tuzat.ing, qonni aylantiring. Agar taklif bo'lsa, qandaydir muammoga duch kelgan bo'lsangiz xabar bering, ssenariy qilib qo'shsak ehtimol yana kimgadir manfaatli bo'lar. Xullas keling, birga tuzataylik.